
"Arsenal" AQShga yo‘qotishlar bilan ketadi!
Yangi mavsum boshlanish oldi "Arsenal" Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.
Bosh murabbiy Mikel Arteta Martin Edegor etakyailigida 36 ta futbolchidan iborat tarkib bilan AQShga uchib ketadi.
Jamoa Evropa chempionati va Amerika Kubogida ishtirok etgan bir nechta futbolchilarsha dam berishga qaror qildi. Ayni damda Deklan Rays, Bukayo Saka, David Rayya va Uilyam Saliba kabi futbolchilar uchun tanaffus berilgan va ular AQShdagi turnedan keyin jamoa mashg‘ulotlariga kirishadi. Biroq, Gabriel Magalyaesh va Kay Xaverts klub bilan birga uchib ketadigan bo‘ldi. Ikkisi 25 iyul kuni jamoa shtabiga borib qo‘shiladi.
Shuningdek, lazaretdagilar ham AQShdagi turneni o‘tkazib yuboradi: Kiren Tirni va Takexiro Tomiyasu.
Jarohati borligiga qaramay, Ben Uayt, Gabriel Jezus, Yurrien Timber, Leandro Trossard, Yakub Kivior va Oleksandr Zinchenko "Arsenal"ning qaydnomasiga kiritilgan.
Quyida "kanonirlar"ning AQShdagi turne uchun qaydnomasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Karl Xayn, Tommi Setford, Lukas Nigaard, Aleksey Roxas.
Himoyachilar: Ben Uayt, Aleksandr Zinchenko, Yurrien Timber, Josh Nikols, Yakub Kivior, Ayden Xiven, Omar Rekik
Yarim himoyachilar: Tomas Parti, Jorjino, Mixal Rosiak, Mayls Lyuis-Skelli, Martin Edegor, Emil Smit-Rou, Fabio Vieyra, Etxan Nvaneri, Saloh-Eddine Ulad MXand, Jimi Gover
Hujumchilar: Leandro Trossard, Reiss Nelson, Charlz Sago, Gabriel Jezus, Eddi Nketiya.
"Arsenal"ning AQShdagi turnedagi ilk o‘yini 24 iyul kuni Los-Anjelesdagi "Dignity Health Sports Park" arenada "Bonrmut"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng klub 27 iyul Los-Anjelesdagi "SoFi" stadionida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. 1 avgust kuni esa Filadelfiyada "Linkoln Financial Field" stadionida "Liverpul"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar