“Arsenal” ashaddiy raqibdan ko‘p gol uradigan hujumchini olmoqchi

  • 06.08.2024 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta boshqarayotgan “Arsenal” ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Ana shu maqsadda “kanonirlar” Xulian Alvaresga ko‘z tikyapti. Argentinalik jahon chempioni jiddiy jamoalarda asosiy hujumchi sifatida to‘p tepish imkoniga ega bo‘lish uchun “Manchester Siti”ni tark etishi mumkinligini bildirgan.

Ayni paytda PSJ va “Atletiko” 24 yoshli forvard bo‘yicha manchesterliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Daily Mirror nashrining yozishicha, londonliklar “shaharliklar”ning 90 million evrolik talabini qondirishga tayyor.

Mikel Artetaning o‘zi ham “Manchester Siti”ga begona emas. U “Arsenal”ni qabul qilib olgunga qadar Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!