“Arsenal” azaliy raqibining sardorini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 26.07.2026 10:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning Corriere dello Sport nashri xabar berishicha, Londonning ikki grandi — «Arsenal» va «Chelsi» «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Argentinalik futbolchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, yozgi transfer oynasida uning jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu, avvalo, klub tarkibiga ikki yangi markaziy himoyachi — Yan Pol van Xeke va Markos Senezi kelib qo‘shilgani bilan izohlanmoqda.

«Tottenxem» sardori o‘tgan mavsumning hal qiluvchi qismida tizzadagi jarohati sabab maydonga tusha olmagan edi. Shu paytda jamoa Premer-ligada qolish uchun kurashayotgandi. Romero muxlislar g‘azabiga uchragan holda, mavsumning so‘nggi turidagi «Everton»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi — u Angliyada qolish o‘rniga, Argentinga uchib ketib, o‘zining sobiq klubi «Belgrano» o‘yinini tomosha qilishni ma’qul ko‘rdi. «Shpor» ishqibozlari sardorni jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun stadionda bo‘ladi, deb kutgandi, ammo Romero boshqacha qaror qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!