"Arsenal" Bakkani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 28 aprel, 2017, 20:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Milan"da to‘p surayotgan kolumbiyalik hujumchi Karlos Bakkani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti. Bu haqda TMW nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, "kanonirlar" 30 yoshli hujumchini qishki transfer davridayoq sotib olishga harakat qilishgan, biroq bu kelishuv amalga oshmay qolgan edi.
Ma’lumot uchun, Bakkaning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum A Seriyada jami 28ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!