“Arsenal” endi Obameyangni o‘ynatmaydi

  • 31 dekabr, 2021, 14:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan munosabati buzilgan Per-Emerik Obameyang yanvarda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. 

Gabonlik hujumchi murabbiylar uni maydorga tushirmayotgani uchun Afrika Millatlari kubogida qatnashish maqsadida terma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketdi. 

“Kanonirlar” esa, uning o‘rnini bosadigan uch nafar futbolchi ro‘yxati tuzib qo‘ydi.

Unga ko‘ra, “Everton”da o‘ynayotgan Dominik Kalvert-Lyuin poytaxt klubiga taklif etiladi. Agar Angliya futboliga moslashgan bu hujumchi jamoasini almashtirishga rozi bo‘lmasa, e’tibor “Fiorentina” safida A Seriya to‘purariga aylangan Dushan Vlaxovichga qaratiladi.

“Arsenal” hujumini kuchaytirishga uchinchi nomzod esa Ispaniya chempionatidan. “Sevilya”da barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan marokashlik Yusuf An-Nosiriyda ham Angliyaga ko‘chib o‘tish imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!