Jon Stounz Husanov haqida iliq fikr bildirdi
“Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz jamoadoshi Abduqodir Husanov haqida yuqori fikr bildirdi.
"Jamoamiz safidagi barcha markaziy himoyachilar qolganlar kabi superyulduzlar. Har birining o‘ziga xos kuchli jihati bor.
Masalan, Husanov. U jamoaga tilni yaxshi bilmasdan, yosh holda keldi. Debyuti ham oson kechmagandi, ammo shundan keyin juda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatdi.
U o‘sdi va ochildi. Uning tezligi hamda himoya chizig‘idagi vaziyatni his qilishi hayratlanarli. Men uning yanada o‘sishini intiqilik bilan kuzataman", — dedi Stounz.

Fikrlar