
"Arsenal" etakchisini tarkibda saqlab qolmoqchi
"Arsenal" yarim himoyachi Granit Jakani tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda "Goal" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, londonliklar Jakaga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Joriy mavsum Jaka "to‘pchilar" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.
Shveytsariyalik futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida havbekning narxi 28 million evro etib beligilangan.
Fikrlar