"Arsenal" futbolchilari klub taklifini rad etishiga nima sabab bo‘ldi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" futbolchilari klub rahbariyati tomonidan maoshlar qisqartirilishi bo‘yicha bildirilgan taklifiga rad javobini berishdi. Bu haqida Mirror nashri xabar bermoqda.

Oldinroq, APL klublari koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqishi kutilayotgan moliyaviy yo‘qotishlarni engillashtirish maqsadida futbolchi va jamoaning barcha hodimlari maoshlarini qisman qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan edi.

O‘z navbatida kanonirlar ham klub futbolchilariga Evrokuboklaridagi ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritilishiga qarab 7,5 foizdan 12 foizgacha turli ko‘rinishdagi maosh qisqartirish variantlarini taklif qilishgan edi.

Biroq "kanonirlar" futbolchilari maoshlarining katta qismi evrokuboklardagi ishtirok uchun bonus sifatida kelishini hisobga olib, ushbu taklifga rad javobini berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!