
"Arsenal" futbolchisi Bundesliga klubida qoladigan bo‘ldi
"Shtutgart" klubi "Arsenal" himoyachisi Konstantinos Mavropanosning ijara shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan. Ushbu shartnomada shuningdek, 22 yoshli gretsiyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olish haqidagi band ham bor.
Get German Football News tarqatgan xabarga qaraganda, futbolchini to‘liq sotib olish nemis klubiga 3 million evroga tushadi.
Mavropanos ortda qolgan mavsum "Shtutgart" safida jami 22 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar