"Arsenal" futbolchisi uchun "Bayer", "Shalke" va "Roma" kurash olib bormoqda

  • 17 sentabr, 2020, 14:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” himoyachisi Sead Kolashinats joriy yozgi transferlar davrida jamoasini almashtirishi mumkin.

Tecno

27 yoshli futbolchiga “Bayer” qiziqmoqda. Sport Bild nashrining xabar berishicha, “dorishunoslar” shu haftada “kanonirlar” bilan muzokaralarni boshlamoqchi.

Kolashinatsga esa, “Bayer”dan tashqari “Shalke” va “Roma” ham qiziqish bildirmoqda. Rimliklar futbolchi bilan bog‘langan. Ammo Saed Germaniyaga ketmoqchi. Uning tovon puli 10 mln evroni tashkil etadi.

Kolashinats o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!