"Arsenal" grandlar talashgan futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazyapti

  • 14 yanvar, 19:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Zubimendi Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" 25 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq, bu qishda amalga oshiriladigan transfer emas, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunlangach "to‘pchilar" safiga qo‘shiladi.

2024/25 yilgi mavsumda Zubimendi barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Avvalroq, Martinga "Real Madrid", "Liverpul" va "Manchester Siti" kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yarim himoyachining "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2027-yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. "Transfermarkt" mutaxassislari ispaniyalik futbolchini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!