"Arsenal" himoyachisi safga qaytdi
Uzoq muddatga safdan chiqqan Yurrien Timber qaytdi. Niderlandiyalik himoyachi jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Ammo uning hali maydonga qaytishi mumkin emas, deya xabar bermoqda ayrim nashrlar.
Yozgi transferlar oynasida 40 million evro evaziga "Ayaks"dan "Arsenal"ga ko‘chib o‘tgan futbolchi klub bilan Angliya superkubogida o‘ynab, sovrinni qo‘lga kiritdi.

Yurrien APLdagi debyut bahsini "Nottingem Forest"ga qarshi o‘tkazib, ushbu o‘yinda jarohat oldi. Uchrashuvdan keyingi tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, himoyachining xochsimon payi yirtilib ketgan.
Fikrlar