«Arsenal» hujumchisi Saudiya Arabistoniга o‘tishi mumkin

  • 20.08.2026 14:43
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasida to‘p surib kelayotgan braziliyalik hujumchi Gabriyel Martinelli yaqin vaqtlar ichida jamoasini o‘zgartirib, Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

 

Futbol bo‘yicha insayder va jurnalist Fabrizio Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 25 yoshli Martinelli Saudiyaning «Al-Hilal» klubi transfer ro‘yxatiga kiritilgan. Klub yozgi transfer oynasidan foydalanib, hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, saudiyaliklar futbolchiga juda manfaatli moliyaviy shart-sharoit taklif etishga tayyor. Shu bilan birga, Martinellining o‘zi hozircha faoliyatini Yevropa qit’asida davom ettirish tarafdori ekani aytilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Gabriyel Martinelli Angliya chempionatida «Arsenal» tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!