“Arsenal” ikki futbolchini sotib yuboradi

  • 22.08.2026 16:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” ijrochi direktori Richard Garlik klub Mayls Lyuis-Skelli va Itan Nvanerini sotish bo‘yicha takliflarga ochiq ekanini tasdiqladi.

Lyuis-Skelli o‘tgan mavsum so‘ngida yarim himoyachi sifatida kutilmaganda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Ammo “Arsenal”dagi yuqori raqobat sabab Maylsning kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda.

Nvaneri esa bu yozda “Marsel”dagi ijara muddatidan so‘ng “Arsenal”ga qaytdi va hozir ham o‘z faoliyatida muhim qaror qabul qilish arafasida turibdi.

Garlikning so‘zlariga ko‘ra, “Arsenal” o‘z tarbiyalanuvchilaridan qutulishga urinmayapti, ammo munosib takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

- Futbolchilar haqida juda ko‘p mish-mishlar bor. Men boshqa klublarga ularga qiziqish bildirishni taqiqla olmayman. Nazarimda, Mayls o‘tgan mavsumning oxirini ajoyib o‘tkazdi va bu mavsumni ham juda yaxshi boshladi. Shuning uchun biz undan juda-juda mamnunmiz.

Itan ham mavsumoldi tayyorgarlikni ajoyib o‘tkazdi. O‘ylaymanki, endi hammasi ularning faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan imkoniyatlar qanday bo‘lishiga bog‘liq.

Biz bu o‘z akademiyamiz tarbiyalanuvchilarini faol tarzda sotishga intilmaymiz. Ammo agar ularning o‘zi va klub uchun ham to‘g‘ri bo‘lgan munosib imkoniyat paydo bo‘lsa, albatta, uni ko‘rib chiqamiz, - dedi Garlik BBC nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!