"Arsenal" ikki hujumchiga qariyib 200 million yevro tikadi
«Arsenal» London klubi hujum chizig‘ini ikki yosh futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Football London nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» 20 yoshli «Bornmut» hujumchisi Eli Zhunior Krupi va 24 yoshli «Brentford» vingeri Kevin Shadeni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan.
Avvalroq jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, «Bornmut» Krupini 115 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Shade borasida esa, Football Transfers ma’lumotiga ko‘ra, «Brentford» uni faqat klub tarixidagi eng yuqori transfer summasi evaziga sotishni ko‘zlamoqda. Shu bois, «Arsenal»ga 75 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.
Joriy mavsumda Shade barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. Krupi esa hali maydonga tushishga ulgurmadi.

Fikrlar