
"Arsenal" jamoasi ustozi jazolanishi mumkin
Shanba kuni "Arsenal" "Aston Villa" mehmoni bo‘lib, 4:2 hisobida zafar quchdi. Mikel Arteta jamoasi qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita gol urib, irodali g‘alabaga erishdi.
Ikkinchi taymning so‘nggi daqiqasida, ya’ni, hisob 2:2 bo‘lganida, hakam Saymon Xuper "Arsenal" futbolchilaridan to‘pni qaytadan o‘yinga kiritishni aytdi, chunki to‘p tinch holatda emas edi.
"Kanonirlar" ustozi Xuperning iltimosiga jahl va hurmatsizlik bilan munosabat bildirdi. U hatto referining imo-ishorasini "parodiya" qildi.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" turnir jadvalida 54 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar