"Arsenal" mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibini "Yuventus" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 17 dekabr, 2022, 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Goal.com.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga chempionati peshqadami bo‘lgan Londonning "Arsenal" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" ayni damda futbolchining vakillari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Bundan avvalroq matbuotda Rabo «Barselona» yoki «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Frantsiyalik futbolchi 2019 yildan buyon “Yuventus” tarkibida o‘ynab kelmoqda. U A Seriyaning joriy mavsumida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!