"Arsenal" o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi

  • 14 dekabr, 2020, 02:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 12-turida "Arsenal" "Byornli"ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

O‘yin "kanonirlar"ning ustunligida o‘tdi. Birinchi taymda Per Obameyang bir qancha vaziyatlardan foydalana olmadi. 58-daqiqada Granit Jaka  raqibiga qo‘pollik ishlatdi, hakam uni sariq kartochka bilan ogohlantirgan edi. Biroq videoassistentlar Jaka Eshli Vestvudni bo‘ynidan bo‘g‘gani haqida xabar berishdi. Uchrashuv bosh hakami Grem Skott vaziyatni o‘zi borib ko‘rdi va Jakaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.

Goldan so‘ng, aniqrog‘i 73-daqiqada Per Obameyang burchakdan uzatilgan pasni uzoqlashtirish o‘rniga darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 

Shu tariqa "Arsenal" 12 o‘yinda 13 ochko to‘plab turnir jadvalida 15-o‘rinda qoldi. "Byornli" 11 o‘yinda 9 ochko jamg‘arib 17-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Ushbu o‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!