«Arsenal» Rays bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Londonning «Arsenal» jamoasi rahbariyati yaqin kunlarda ingliz yarimhimoyachisi Deklan Raysga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
The Guardian nashri xabariga ko‘ra, londonliklar 27 yoshli futbolchiga yana bir necha yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli bitim taklif etish niyatida. Hozirgi shartnoma bo‘yicha Rays «kanonirlar» safida yana kamida ikki mavsum qolishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Deklan Rays 2023 yil yozida «Vest Xem» klubidan «Arsenal»ga o‘tgan edi. Uning transferi uchun «pushkalar» 115 million yevro to‘lgan.
Joriy mavsumda Deklan Rays Angliya chempionati doirasida «Arsenal» tarkibida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt ichida ikki golli uzatma amalga oshirdi va bir marta ogohlantiruv olib, sariq kartochkaga mukofotlandi.

Fikrlar