"Arsenal" "Real", "Barselona" va "Manchester Siti" qiziqish bildirgan futbolchini "ilib" ketmoqchi

  • 20 oktabr, 2022, 16:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning “Palmeyras” safida to‘p tepayotgan hujumchi Endrik faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. "Fourfourtwo" nashrining xabar berishicha, 16 yoshli iqtidorli futbolchining transferga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish joiz, Endrikka “kanonirlar”dan tashqari “Real”, “Barselona” va “Manchester Siti” kabi jamoalar ham taklif bilan chiqqan.

O‘tgan yozda hujumchi "Palmeyras" bilan ilk professional shartnomasini imzolagan edi. Bitimda futbolchining transfer narxi 32 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!