
"Arsenal" "Real" hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Arsenal" jamoasi "Real" Madrid futbolchisi Luka Yovichni sotib olmoqchi. Klub Dushan Vlaxovichni qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng, bor e’tiborini Vlaxovichning yurtdoshiga qaratgan.
"To‘pchilar" hujumchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Yovichning transferini shaxsan Artetaning o‘zi istayapti, deb xabar bermoqda "Daily Mail".
Ma’lumot o‘rnida, Luka Yovich ushbu mavsum La Liga doirasidagi 11 uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
"Transfermarkt" portalida serbiyalik strayker 20 million evroga baholangan.
Fikrlar