"Arsenal" "Real" yulduzi uchun 123 mln yevro taklif qilmoqchi
Londonning «Arsenal» jamoasi yozgi transfer oynasida madridlik «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniornı oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
The Article nashri maʼlumotlariga koʻra, Angliya chempioni hisoblangan londonliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun «qirollik klubi»ga 123 million yevro taklif qilishga tayyor. «Real» esa oʻz yulduz hujumchisini kamida 160 million yevro evaziga sotishni koʻzlamoqda. Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Shuni ham taʼkidlash joizki, Vinisius Juniorning «oqlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Vinisius Junior Ispaniya chempionatida «Real» tarkibida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar