
"Arsenal" "Siti"ga qarshi bahsda bosh murabbiysiz maydonga tushadi
"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Artetada koronavirus aniqlandi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Kanonirlar" murabbiyi 1 yanvar kuni APL 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis ayni vaqtda izolyatsiyaga olingan.
Fikrlar