"Arsenal" skautlari Italiyaga nega ketishdi?
Londonning "Arsenal" klubi "Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardining o‘yinlarini kuzatmoqda.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” rahbariyati 25 yoshli futbolchini yaqindan kuzatish uchun o‘z skautlarini bir necha haftaga Italiyaga yuborgan.
Ma’lumot uchun, Berardi "Sassuolo" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 24 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar