
"Arsenal" sport direktori ham "Milan"ga o‘tishi mumkin
Italiyaning "Milan" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi bilan birgalikda klubning bosh ijrochi direktori Ivan Gazidisga ham ko‘z tikmoqda.
Sun nashri tarqarayotgan xabarga qaraganda, "rossonerrilar" shu orqali klub strukturasida bir qator o‘zgartirishlarni amalga oshirishmoqchi. The Guardian nashrining yozishicha, "to‘pchilar" rahbariyati ham 53 yoshli mutaxassis bilan aloqani uzmoqchi emas.
Ammo nashrda keltirilishicha, Gazidis shu hafta oralig‘ida milanliklar bilan shartnoma borasida bir to‘xtamga kelishi kerak.
Fikrlar