“Arsenal” tarkibiga “Barsa” futbolchisini qo‘shib olmoqchi

  • 22 iyul, 2022, 14:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni sotib olmoqchi.

Gollandiyalik hujumchi "Barselona" bosh murabbiyi Xavining rejalariga kiritilmagan. Avvalroq futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirgandi, ammo hujumchi “shporlar” taklifini rad etdi.

Hozirda Depayga Buyuk Britaniya poytaxtining boshqa bir klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi “Fichajes” nashri. “Arsenal” futbolchi uchun 15 million evro to‘lashga tayyor.

Boisi, "kanonirlar" futbolchisi Nikolas Pepening jamoani tark etmoqchi. Shu sabab, “to‘pchilar” zudlik bilan tarkibdagi kamchilikni to‘ldirishga harakat qiladi.

Depay o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 2 ta assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!