"Arsenal" tekin himoyachi topdi
"Nitstsa" himoyachisi Malanga Sarr klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agent maqomini oldi.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi xizmatlari uchun "Arsenal" va "Leyptsig" klublari qiziqish bildirmoqda.
London klubi transfer byudjetidagi muammolar sabab erkin agent futbolchilarni izlamoqda.
Joriy mavsumda Sarr muddatidan oldin yakunlangan Frantsiya birinchi divizionida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar