"Arsenal" va "Chelsi" Kudusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 15 fevral, 2024, 18:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gana terma jamoasi va "Vest Xem" yarim himoyachisi Muhammad Kudus "Chelsi" va "Arsenal"ning radarida. Bu haqda "Goal" portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Chelsi" 23 yoshli Kudus uchun 45 million evro to‘lashga tayyor. Ikki London klubi ham yozda futbolchini o‘z safiga qo‘shib olshiga harakat qiladi. Kudus "Ayaks"dan "Vest Xem"ga o‘tishidan oldin ham "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi. Nufuzli "Transfermarkt" portali afrikalik xavbekni 45 million evroga baholamoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda ganalik futbolchi 30 uchrashuvda 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!