
"Arsenal" va "Tottenxem" bir futbolchini talashmoqda
Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari "Atletik Bilbao" hujumchisi Niko Uilyams uchun kurashmoqda.
Xabaringiz bor, Niko so‘nggi mavsumlarda yaxshi harakat qilib kelmoqda. Shu bois, ko‘plab grand klublarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Yozgi transferlar oynasida esa kataloniyaning "Barselona" klubi vingerga juda katta qiziqish bildirdi. Biroq, bir necha muammolar sabab, transfer amalga oshmay qolgan edi. Qishda esa yana yosh yulduzga ko‘plab grand jamoalar kurashga kirishdi.
"Fichajes" nashrining xabar berishicha, so‘nggi kunlarda Uilyams uchun "shporlar" va "to‘pchilar" asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, ikki London klublari fursat tug‘ilishi bilanoq qanot hujumchisi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli vinger bu mavsum 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi. Uning bilbaoliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 70 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar