
"Arsenal" "Vest Bromvich" ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)
Angliya premer-ligasining 35-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Vest Bromvich”ni qabul qildi.
“Emireyts” o‘yingohida kechgan bahsda 3:1 hisobida “kanonirlar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Arsenal”ga g‘alaba keltirgan gollarga Emil Smit-Rou 29', Nikolya Pepe 35' va Villian 90' mualliflik qilgan bo‘lsa, “Vest Bromvich”ning yagona javob golini Matey Pereyra 67' kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar