"Arsenal" Vinisiusga o‘rnini bosadigan futbolchi topdi
«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildizning keyingi manzili Angliya bo‘lishi mumkin.
Indykaila News nashri xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchiga «Arsenal» jiddiy qiziqish bildirgan.
London klubi vakillari allaqachon Italiyaga uchib borib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yildiz «kanonirlar» uchun zahira varianti sifatida ko‘rilmoqda — agar «Real» hujumchisi Vinisius Zhunior bilan kelishuv amalga oshmay qolsa, «Arsenal» asosiy e’tiborni aynan Kenanga qaratadi.
Shu bilan birga, «Yuventus» muzokaralarda qattiq pozitsiya tutmoqda. Turin klubi yosh hujumchini arzonga qo‘yib yuborish niyatida emas, shuning uchun «Arsenal» Yildizni qo‘lga kiritish uchun jiddiy moliyaviy taklif bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Kenan Yildiz «Bavariya» tarkibidan «Yuventus»ga 2022 yili erkin agent sifatida o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yildgi mavsumda turinliklar safida barcha musobaqalar hisobida 47 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar