"Arsenal" yangi mavsum liboslari sotuvini to‘xtatdi. Sababi...

  • 22 iyun, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” va Adidas dizayndagi xato tufayli klubning yangi libosi sotuvini to‘xtatdi.

Tecno

Yangi 2023/24 yilgi mavsum uchun ishlab chiqarilgan liboslar 2003/04 yilgi mavsumning 20 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘shanda "Arsenal" Premer-ligadagi barcha 38 o‘yinni bitta ham mag‘lubiyatiz o‘tkazgan.

Libosning ichki tarafida jamoaning har bir o‘yinda qayd etgan natijalari ketma-ketligi bo‘yicha tikilishi kerak edi, bunda W harfi g‘alabani, D harfi esa durangni bildiradi. Biroq, dizayn xatosi tufayli ketma-ketlikda 38 emas, balki faqat 32 ta harf kiritilgan.

Shu munosabat bilan "Arsenal" futbolkalarni sotuvdan olib tashladi va ularni sotib olishga muvaffaq bo‘lgan muxlislarga xat yo‘lladi.

Adidas kompaniyasi esa xatolikni tuzatishga va original to‘plamni sotib olgan muxlislarga pulni qaytarishga va’da berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!