"Arsenal" yarim himoyachisi London klubiga o‘tmoqda

  • 25 iyul, 2024, 15:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Emil Smit-Rou faoliyatini Londonning boshqa bir klubi "Fulxem"da davom ettiradigan bo‘ldi. Tomonlar kelishuvga erishgan.

Insayder David Ornshteyn xabariga ko‘ra, ushbu transfer 35 million evro evaziga amalga oshishi mumkin. Tez orda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘lga tushadi. 

Smit-Rou "kanonirlar" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2020 yilda asosiy jamoaga o‘tgan. Shuningdek, Emil "Leyptsig" va "Xaddersfild"da ijarada o‘ynagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!