
"Arsenal" yozda 3 nafar futbolchisini transferga qo‘ymoqchi
Londonning "Arsenal" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida bir nechta futbolchisini sotib yuborishga tayyor.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” mavsumlar oralig‘ida himoyachi Shkodran Mustafi hamda yarim himoyachilar Mesut O‘zil va Genrix Mxitaryanlarni transferga qo‘yishmoqchi. Ushbu futbolchilarning sotuvidan tushgan mablag‘ esa tarkibni yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirishga sarflanadi. Chunki, “Arsenal” rahbariyati yozgi transferlar uchun bor yo‘g‘i 50 mln evro ajratmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bormoqda. Ular Angliya chempionatida 4-o‘rinni egallab turishibdi, shuningdek Evropa ligasi yarim finalida ham ishtirok etishadi.
Fikrlar