
"Arsenal" yozda "Bavariya" futbolchisi bilan hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi
"Arsenal" Kingsli Komanning agentlari bilan aloqa o‘rnatgan va yozdagi ehtimoliy transfer uchun jiddiy qiziqish bildirgan. Bu haqida mashhur insayderlardan biri hisoblangan Florian Pletterenberg xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Saudiya klublari ham kurashda bo‘lsa va moliyaviy jihatdan kuchli takliflar qilsa-da, "Arsenal" hali ham muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, Komanning "Bavariya"dan ketishi kutilmoqda va jamoa allaqachon uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi izlashga kirishgan.
Ma’lumot o‘rnida. 28 yoshli vinger joriy mavsum nemisliklar safida 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 35 million evro deb belgilangan.
Fikrlar