“Arsenal”da tozalash bo‘ladi

  • 31 mart, 2021, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” rahbariyati ham jamoaning premer-ligada yuqori o‘rinlar uchun kurasha olmayotganini inobatga olib, bir necha futbolchilarga javob berib yuboradigan bo‘ldi.

Bunda asosiy e’tibor katta maosh olayotgan o‘yinchilarga qaratiladi. Chunki hozirgi kunda “kanonirlar”ning moliyaviy ahvoli ham tobora qiyinlashib bormoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Arsenal” birinchi bo‘lib jamoani tark qiladigan besh nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi. Xususan, mashhur himoyachilar David Luiz va Ektor Belerin, hujumchilardan Aleksandr Lyakazett va Edvard Nketia, yarim himoyachi Muhammad An-Nanni  o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.

Bosh murabbiy Mikel Arteta bu transferlar keladigan mablag‘ni o‘z o‘yin uslubiga mos futbolchilarni taklif etishga sarflaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!