
"Arsenal"ga himoyachi kerak. Variantlar orasida katta nomlar ham bor
"Arsenal" yanvar oyida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. "The Athletic" xabariga ko‘ra, himoya chizig‘ini kuchaytirish qishki transferlar oynasidagi ustuvor vazifa.
"Kanonirlar" dan Dortmundning "Borussiya" klubidan Niko Shlotterbek variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Mikel Arteta boshchiligidagi murabbiylar shtabiga “Bavariya” vakili Matteys de Ligtning o‘yini yoqadi . Bu futbolchilarni yanvarda qo‘lga kiritish juda qiyin.
"Arsenal" nishonida "Ayaks"ning 17 yoshli himoyachisi Yorrell Xato ham bor. Biroq, "kanonirlar" ayni dam arzonroq va tajribali futbolchini afzal ko‘radi.
Fikrlar