"Arsenal"ga kanadalik futbolchi kerak

  • 3 aprel, 2020, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyaning "Gent" klubi hujumchisi Jonatan Devid "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “kanonirlar” yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida 20 yoshli kanadalik iqtidor egasi uchun belgiyaliklarga 20 mln evro taklif qilishmoqchi. O‘z navbatida Devid ham APLda o‘ynash istagini bildirmoqda. U “Arsenal”dan ketishi mumkin bo‘lgan Per-Emerik Obameyang yoki Aleksandr Lyakazettning o‘rnini egallashi mumkin.

Jonatan Devid joriy mavsum “Gent” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 23 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!