
"Arsenal"ga kim murabbiy bo‘lishi kerak?
"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Vilyam Gallas “kanonirlar” rahbariyatiga bosh murabbiy Mikel Arteta o‘rniga Patrik Vieyra nomzodini ko‘rib chiqishni tavsiya qilmoqda.
“Arsenal”da nima bo‘layotganini bilmayman. Ehtimol, Arteta jamoaga munosib emasdir. Mening fikrimcha, unda katta klubni boshqarish tajribasi yo‘q. Arteta Emerining o‘rnini egallaganida, "Arsenal" Vieyrani tanlashi kerak edi, deb o‘ylardim. Patrik Mikelga qaraganda ko‘proq tajribaga ega, u MLS, "Nitstsa"da murabbiylik qilgan. U "Arsenal" sardori bo‘lgan va klubni juda yaxshi biladi. Agar Artetani ishdan bo‘shatish kerak bo‘lsa, "Arsenal" Vieyrani tayinlashi kerak. Ishonamanki, bu muxlislarga yoqadi”, - dedi Gallas.
Vieyra shu yilning 4 dekabr kuni “Nitstsa” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi va ayni damda ishsiz hisoblanadi.
“Arsenal” 13 turdan so‘ng 14 ochko to‘plagan holda APL musobaqa jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar