"Arsenal"ga qarshi muhim o‘yin oldidan MYu tarkibida katta yo‘qotish

  • 19 yanvar, 2023, 12:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 7-turi doirasidagi qoldirilgan o‘yinda "Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" maydonida durang qayd etdi, 1:1.

Tecno

E’tiborlisi, mankunianliklar ushbu bellashuvda 2 ochkodan tashqari etakchi futbolchisini ham yo‘qotdi. Gap Kazemiro haqida ketmoqda. Braziliyalik yarim himoyachi 80-daqiqada Uilfred Zaani qoida buzish evaziga to‘xtatib qoldi va hakam uni sariq kartochka bilan ogohlantirdi.

Shu tariqa, uning APLdagi "sariq"lari soni 5 taga etdi. Buning ortidan u Premer liga 21-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi muhim bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Uchrashuv 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

MYu ayni paytda 39 ochko bilan turnir jadvalida 3-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!