
"Arsenal"ni 4 oydan buyon mag‘lub eta olishmayapti
"Arsenal" Premer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi. Mikel Arteta shogirdlari APLning 17-turida "Vest Xem"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Kanonirlar" oxirgi marta 4 sentyabr kuni safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda (1:3) mag‘lub bo‘lishgan edi. O‘shandan beri jamoa 8 g‘alaba va bir durangga ega.
Eslatib o‘tamiz, keyingi tur doirasida "Arsenal" safarda "Brayton"ga qarshi o‘ynaydi - bahs 31 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni dam Arteta shogirdlari APL turnir jadvalida 40 ochko bilan etakchilik qilmoqda.
Fikrlar