
“Arsenal”ni muhim ochkodan maxrum qilgan hakam ishdan olindi
Premer-liganing 23-turidan o‘rin olgan “Arsenal” – “Brentford” uchrashuvida 1:1 hisobi qayb etilgandi. Ushbu bahs “kanonirlar”ning 3 ochkosini tortib olingan o‘yin sifatida eslanadi. Sababi, Toneyning 74-daqiqada urgan goli aslida hisobga olinmasligi kerak edi. Ushbu vaziyatda 3 daqiqa VAR tizimi ishladi, lekin golda hech qanday xato aniqlanmadi. O‘sha holatdan keyin PMGOL referini aybdorligini tan oldi va "Arsenal"dan uzr so‘radi.
VAR tizimida ishlagan Li Meyson esa o‘z istagiga ko‘ra ishdan bo‘shadi. U bu mavsumda ikki marta xatoga yo‘l qo‘ydi. Birinchisi “Kristal Pelas” - “Nyukasl” uchrashuvida bo‘lgandi.
“Arsenal” esa ayni dam Premer-ligada ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. “Manchester Siti” londonliklarni mag‘lub etib, ochkolarni tenglashtirdi va peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar