
"Arsenal"ning chempionlik uchun imkoniyati qanday? Afsonaviy futbolchi javob berdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "Arsenal"ning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Hozir “kanonirlar” qulay holatda. Jamoada agressiya bor, ular maydonda nima qilish kerakligini tushunishadi. "Arsenal"ni to‘xtatish uchun raqiblarga katta kuch kerak bo‘ladi. «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda londonliklar bosimni yaxshi uddalashdi. Mikel Artetaning jamoasi chempionlik uchun ajoyib imkoniyatlarga ega”, - dedi afsonaviy futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng "Arsenal" eng yaqin taqibchisi hisoblangan “Manchester Siti”dan 5 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar