"Arsenal"ning ikki etakchi hujumchisidan biri "Barsa"ga o‘tishi mumkin

  • 15.08.2021 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati joriy transer oynasida “Arsenal” hujumchilaridan birini tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar Per-Emerik Obameyang va Aleksandr Lyakazettdan birini ko‘zlamoqda.

Qayd etilishicha, "Barselona" daniyalik hujumchisi  Martin Breytueytnii sotgan taqdirdagina gabonlik yoki frantsiyalik futbolchini qo‘lga kiritishi mumkin.

Obameyang o‘tgan mavsum APLda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Lyakazett esa 2020/21 yilgi mavsumda premer-ligada 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va 13 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!