
“Arsenal”ning qishki transferlar oynasidagi “o‘ljalari” ma’lum
Londonning “Arsenal” klubi qishki transferlar oynasida hujumni kuchaytirish maqsadida ko‘plab futbolchilarni ko‘rib chiqmoqda.
Xabaringiz bor, “kanonirlar” etakchisi Bukayo Saka jarohat olib, 2 oyni o‘tkazib yuboradi. Shu sababli, klub rahbarlari tezroq yangi futbolchi sotib olish haqida o‘ylamoqda. So‘nggi kunlarda “to‘pchilar” qiziqish bildirayotgan top-10 hujumchilar bilan tanishing:
1. Mateus Kunya – “Vulverhempton” (50 million evro)
2. Arda Gyuler – “Real Madrid” (45 million evro)
3. Aleksandr Isak – “Nyukasl Yunayted” (75 million evro)
4. Markus Reshford – "Manchester Yunayted” (55 million evro)
5. Leroy Sane – “Bavariya” (45 million evro)
6. Benjamin Sheshko – “Leypsig” (50 million evro)
7. Niko Uilyams – “Atletik Bilbao” (70 million evro)
8. Florian Virts – “Bayer” (140 million evro)
9. Omar Marmush – “Ayntraxt” (60 million evro)
10. Randal Kolo-Muani – PSJ (30 million evro)
Fikrlar