Arshavin "Zenit"da rahbar lavozimiga tayinlandi

  • 2 avgust, 2020, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi sobiq sardori Andrey Arshavin “Zenit”da amaldorga aylandi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Arshavin “Zenit”ning bolalar futbolini rivojlantirish va sport ishlari departamentiga direktor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Arshavin “Zenit” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 1999-2008, 2012 hamda 2013-2015 yillarda to‘p surgan va jami 7 ta sovrin qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!