Arteta: "Arsenal" bunday uchrashuvlarda to‘p tepmaganiga 20 yil bo‘ldi

  • 7 aprel, 18:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mikel Arteta EChL doirasida "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Ertaga 11 futbolchi, 60 ming muxlis "Real"ni mag‘lub etishga tayyor ekanligimizga to‘liq ishonch hosil qilishlari lozim. Men bu munosabatni ko‘rishni xohlayman. 

Men futbolga shunday uchrashuvlar uchun kelganman. Shu tfayli murabbiy bo‘ldim va "Arsenal"ga keldim. "Aristokratlar" bunday o‘yinlarda to‘p tepmaganiga 20 yil bo‘ldi. Biz uchun o‘z tariximizni yaratish uchun ajoyib imkoniyat bor. 

Bunday uchrashuvlar alohida ahamiyatga ega. Biz bu turnirga qaytishni uzoq yillardan beri kutgan edik. "Arsenal"ning maqomidan kelib chiqib, 15 yil ichida atigi bir marta bu bosqichga chiqqanimiz bu qay darajada qiyin turnir ekanligini ko‘rsatadi. Biz o‘z tariximizni yaratamiz va bundan ham uzoqroqqa boramiz", - dedi "kanonirlar" ustozi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!