Arteta: "Chempionlik orzusi hali ham tirik"

  • 03.05.2026 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionatining 35-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi uy uchrashuvidan keyin fikr bildirdi. "Kanonirlar" ushbu bahsda 3:0 hisobida yirik g'alaba qo'zondi.

"Bu g'alaba bizda chempionlik orzusi hali ham tirik ekanini ko'rsatadi. Bu impulsdan foydalanish va ushbu energiyani seshanba kungi o'yinga olib o'tish kerak. Eshitish va ko'rish orqali aytishim mumkinki, jamoa kiyinish xonasidagi muhit — biz to'g'ri yo'ldamiz", — dedi ispan mutaxassis.

"Arsenal" hozirda ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda bormoqda, biroq Pep Gvardiola jamoasida ikki o'yin zahirada bor.

Eslatib o'tamiz, 5 may kuni londonliklar Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali javob uchrashuvida "Atletiko"ga qarshi maydonga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!