Arteta MYuga qarshi muhim o‘yinda yangi futbolchining xizmatidan foydalanmoqchi

  • 22 yanvar, 2023, 10:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bellashuv oldidan jamoaning yangi futbolchisi Leandro Trossard haqida fikr bildirdi.

Tecno

"U MYuga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi? Leandro shanba kuni mashg‘ulotlarda ishtirok etdi va umid qilamanki, u manchesterliklarga qarshi bahsda bizga yordam bera oladi.

Unda turli xil hujjatlar bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q, Trossard maydonga tushishi kerak",-deya ispaniyalik mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sahifasi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum "Brayton" safida Premer ligada 16 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 gol hamda 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!