Arteta o‘tgan mavsum Dueni sotib olishdan bosh tortgan edi

  • 2 iyun, 14:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta PSJ hujumchisi Dezayr Dueni xarid qilishdan voz kechgan. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" 19 yoshli vingerni 35 million evroga sotib olish imkoniga ega bo‘lishgan, ammo Arteta rahbariyatga shunday degan: "Bizda Martinelli bor".

Ayni mavsum Due 54ta uchrashuvda ishtirok etdi, 15ta gol urdi va 16ta golli uzatma amalga oshirdi. U PSJ bilan mavsum davomida to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Chempionlar ligasi finalida Dezayr dubl qayd etib, yana 1ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!